Kurs haqida
Treyding va moliyaviy menejment bo‘yicha ilg‘or kurs (2,5 oy)
Tajribali treyderlarga moliyaviy menejment bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirish, moliyaviy xatarlarni boshqarishning asosiy jihatlarini o‘zlashtirish, moliya bozorlarida (fond, kriptovalyuta, valyuta va tovar) savdo strategiyalarini o‘zlashtirish, shuningdek, muvaffaqiyatli qarorlar qabul qilish uchun bozor ma’lumotlarini tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradigan amaliy kurs.
Kurs kimlar uchun foydali?
Tajribali treyderlar uchun:
— kompyuter, internet va turli dasturlardan ishonch bilan foydalana oladi;
— bazaviy moliyaviy bilimlarga ega bo‘lishi;
— tizimli va analitik fikrlash qobiliyatiga ega;
— ma’lumotlar va axborotni tahlil qilish asosida qaror qabul qilishga qodir;
— hisob-kitoblarni amalga oshirish va statistik ma’lumotlarni tahlil qilishni biladi;
— stressni boshqara oladi va savdo psixologiyasini tushunadi;
— savdo bilan bog‘liq xatarlarni anglaydi;
va quyidagilarni xohlaydi:
— moliyaviy menejment bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirish;
— moliyaviy xatarlarni boshqarishning asosiy jihatlarini o‘zlashtirish;
— moliya bozorlarida (fond, kriptovalyuta, valyuta va tovar) savdo strategiyalarini egallash;
— muvaffaqiyatli qarorlar qabul qilish uchun bozor ma’lumotlarini tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
O‘quv dasturi
Bo‘limni to‘liq o‘zlashtirgan talaba:
— bozor strukturasi va trend tushunchalarini to‘liq anglaydi;
— texnik tahlilning asosiy elementlarini (trend, kanal, daraja, naqsh) amalda qo‘llay oladi;
— narx harakatini matematik va psixologik omillar orqali tahlil qiladi;
— texnik tahlil natijasida asosli qaror qabul qilish, riskni kamaytirish va foydali pozitsiyalarni aniqlash ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.
Natijada u professional darajadagi bozor tahlilchisi sifatida harakat qilish uchun zarur bo‘lgan strukturali fikrlash, sabr va analitik yondashuvni shakllantiradi.
Ushbu bo‘lim davomida o‘quvchi trendlarning davomiyligi, impulslarning kuchi, korreksiyalarning chuqurligi va davrlararo o‘zaro ta’sirni aniqlash uchun davriylik tahlili, to‘lqin strukturalari, hamda bozor ritmi tushunchalarini o‘zlashtiradi.
Bo‘lim yakunida talaba:
— bozor davriyligini aniqlay oladi va uni vaqt omili bilan uyg‘unlashtirib tahlil qiladi;
— impuls va korreksiya davrlarini to‘g‘ri ajrata oladi;
— trend davomiyligini vaqt bosqichlari asosida baholaydi;
— sikliklikni aniqlash orqali optimal kirish va chiqish nuqtalarini belgilaydi;
— bozor harakatlarining ichki ritmini sezish va uni strategik qarorlarga aylantirish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.
Natijada o‘quvchi bozorni vaqt va strukturaviy kontekstda tahlil qila oladigan, davrlararo bog‘liqlikni tushunadigan va qarorlarini aniq vaqt asosida optimallashtira oladigan treyder sifatida shakllanadi.
Bu bo‘lim treyderni intuitiv qaror emas, bozor strukturasi va qat’iy zonalar asosidagi strategik fikrlashga o‘rgatadi.
Bo‘lim yakunida talaba:
— kuchli zonalarni (supply va demand) aniqlay oladi va ularni trend kontekstida baholaydi;
— zonalar ichidagi narx reaktsiyasini tahlil qilib, xavfsiz kirish va chiqish nuqtalarini belgilaydi;
— institutional ishtirokchilar harakatini grafikdan o‘qiy oladi;
— kuchli zonalar asosida barqaror strategiyalar yaratish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.
Natijada, o‘quvchi bozorni impulslar emas, struktura va zonalar orqali ko‘ra oladigan professional yondashuvni shakllantiradi. U bozorni “reaksiya” orqali emas, oldindan rejalashtirilgan zonalar orqali boshqaradigan treyder sifatida rivojlanadi.
Talabalar to‘lqin nazariyasining asosiy qoidalari, to‘lqinlar orasidagi Fibonacci mutanosabatlari, impuls, diagonal va korreksiya shakllari, hamda turli darajadagi strukturalarni amaliy grafikda qo‘llashni o‘zlashtiradilar.
Bo‘lim yakunida talaba:
— Elliott nazariyasining 5+3 to‘lqinli strukturasini tahlil qila oladi;
— impuls va korreksiya to‘lqinlarini farqlaydi hamda ularning o‘zaro nisbatlarini aniqlaydi;
— Fibonacci darajalarini to‘lqin tahlilida to‘g‘ri qo‘llaydi;
— murakkab kombinatsiyalar (double three, triple three va diagonal shakllar)ni grafikda topa oladi;
— Elliott nazariyasini real bozor sharoitida trend bosqichlarini aniqlash va pozitsiya rejalashtirish uchun amalda ishlata oladi.
Natijada, o‘quvchi bozorni tasodifiy harakatlar majmuasi sifatida emas, balki tabiiy ritmlar tizimi sifatida anglay boshlaydi. U analitik va strukturaviy fikrlaydigan treyder sifatida shakllanadi, qarorlarini nazariya va ehtimoliy model asosida qabul qilishni o‘rganadi.
Nega aynan biz?
- 4000 dan ortiq kishi bizda ta’lim olishni yakunlagan
- O‘quvchilarimiz $250 000 dan ko‘proq daromad qilishgan
- Bitiruvchilarimiz $2000000 dan ortiq mablag‘ni boshqarmoqda
- O‘quvchilarimiz savdo hisobi uchun 12 000 000 so‘mgacha investitsiya olish imkoniyatiga ega
- Kurs yakunida shaxsiy savdo strategiyasiga ega bo‘lish
- URANUS mentorlaridan uzluksiz bozor tahlili taqdim etuvchi noyob kanalga cheksiz kirish imkoniyati
- URANUS kurslari O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligining litsenziyasi va tasdig‘iga ega
- Bitiruvdan so‘ng mentorlardan qo‘llab-quvvatlash
- Kursni Feruzbek Aliyev (yozib olingan darslar) va uning eng yaxshi shogirdlari - tajribali amaliyotchi treyderlar olib boradi
- Texnik va fundamental tahlil bo‘yicha 35 dan ortiq strategiya. Turli bozorlarda (kriptovalyuta, fond, tovar-xomashyo, valyuta bozorlari) qo‘llaniladigan 20 dan ortiq texnik va 14 dan ortiq sham tahlili strategiyalari, hamda bir nechta indikator-ossillyator strategiyalari
- Zamonaviy bozorlarda samarali ishlayotgan klassik va takomillashtirilgan naqshlar (Feruzbek Aliyev tomonidan shaxsan qayta ishlangan, moslashtirilgan va sinovdan o‘tkazilgan)
Mashg‘ulotlar qanday o‘tadi?
Barcha darslar Uranus.uz platformasida onlayn tarzda o‘tkaziladi.
Biz ikki tomonlama o‘qitish tizimidan foydalanamiz:
- Nazariya (~30%) — ish uchun zarur bo‘lgan barcha narsalarni o‘z ichiga olgan video darslar;
- Amaliyot (>70%) — xatolarni tahlil qilish, ularni tuzatish va haqiqiy ish.
O’quvchi qanday o‘qishi kerak?
- Videoni diqqat bilan tomosha qilish, qaydlar qilish;
- Topshiriqlarni bajarish — olgan bilimlarni qo‘llash;
- Amaliy mashg‘ulotga kelish — xatolarni tahlil qilish, savollar berish.
Kurs natijalari
Kurs doirasida siz quyidagi kuchli va sinovdan o‘tgan strategiyalar bilan ishlashni mukammal o‘rganasiz:
— texnik tahlil asosidagi 4 ta kompleks strategiya;
— samarali shamchalar asosidagi 5 ta strategiyalar;
— grafik tuzilmalarga asoslangan 5 ta aniqlik keltiruvchi strategiya;
— zonal strategiyalar: 4 ta aniq va foydali model.
— Elliot nazariyasi.
Strategiyalarni turli bozorlarda qo‘llash imkoniyati
Bu kursda berilayotgan barcha strategiyalar quyidagi bozorlarda muvaffaqiyatli ishlaydi: Valyuta bozori (Forex), Kriptovalyuta bozori, Fond bozori (Aksiya, ETF, indekslar), Tovar-xomashyo bozori (Neft, Oltin va boshqa aktivlar)
Siz faqat bir bozorga bog‘liq qolib ketmaysiz, balki har qaysi bozorda mustaqil savdo yuritish ko‘nikmasiga ega bo‘lasiz.
Natijada siz:
— Har qanday bozorda mustaqil savdo qarori qabul qila olasiz;
— Professional savdogarlar ishlatadigan tizimli strategiyalarni amalda qo‘llay olasiz;
— Bozordagi xavf va imkoniyatni to‘g‘ri o‘qishni o‘rganasiz;
— Va eng muhimi – o‘z savdo uslubingizni shakllantirishga tayyor bo‘lasiz!